Kiyev viloyatida olti kishi halok bo‘lgani haqida 24 iyul kuni kunduzi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi. U yana 10 kishi yaralanganini ta’kidladi.
"Barcha holatlar va odamlarning taqdiriga aniqlik kiritilmoqda. Voqea joyida barcha zarur xizmatlar ishlamoqda", – deb yozdi Zelenskiy.
Ukraina qurolsozlar kengashi xabariga ko‘ra, zarba Ukraina mudofaa sanoati vakillari bo‘lgan joyga berilgan.
Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Ruslan Oleynik Bucha tumaniga eng katta zarar yetkazilganini yozdi.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba tadbirlar o‘tkazilayotgan xususiy poligon hududiga berilgan. Hozirda ushbu ma’lumot sinchkovlik bilan tekshirilmoqda", – deya qo‘shimcha qildi u.