AQSh Ukraina bilan tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzolaganidan so‘ng Kiyevga 50 million dollarlik qurol sotmoqchi.
Bu haqda Ukrainaning Kyiv Post gazetasi xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, yetkazib berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish orqali amalga oshiriladi. Bu Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan beri bunday operasiyaga birinchi ruxsatdir.
Avvalgi yordamdan farqli o‘laroq, yangi yetkazib berishlar tijorat asosida amalga oshiriladi. Nashr bu holatda foydali qazilmalar bo‘yicha bitim mexanizmi qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligiga aniqlik kiritmagan, bu esa harbiy yordamni AQSh va Ukraina o‘rtasidagi umumiy investisiya fondiga hissa sifatida hisobga olish imkonini beradi. Kiyevga topshirilishi kerak bo‘lgan qurollarning aniq turlari aytilmagan.