Financial Times nashrining Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan 27-noyabrgacha “tinchlik rejasi”ni imzolashini kutmoqda, shundan so‘ng hujjat Moskvaga topshiriladi.
Ukrainaning BMTdagi vise-vakili Kristina Gayovishinning aytishicha, Kiyev Trampning tinchlik rejasini imzolamaydi:
— Ukraina mojaroni tugatish uchun mazmunli muzokaralarga, jumladan, rahbariyat darajasida muzokaralarga tayyor, ammo Kiyevning "qizil chiziqlari" "aniq va o‘zgarmas";
— Ukraina yerlari sotilmaydi;
— Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga yoki Ukraina Qurolli Kuchlarining hajmi va imkoniyatlariga hech qanday cheklovlarni qabul qilmaydi;
— Kiyev o‘z suverenitetining buzilishiga, jumladan, qo‘shilishni istagan ittifoqlarni tanlash huquqiga toqat qilmaydi;
— Har qanday tinchlik jarayoni «Ukrainasiz Ukraina va Yevropasiz Yevropa bo‘lmasligi» prinsipiga rioya qilishi kerak.