Bu haqda Yevropa yetakchilarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.
Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari AQSh tomonudan taklif etilayotgan tinchlik rejasini muhokama qildi va uni jiddiy qayta ishlashga muhtoj deb atagan qo‘shma bayonotini e’lon qildi.
"Biz chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak degan prinsipga qat’iy rioya qilamiz. Shuningdek, Ukrainani kelajakdagi hujumlar oldida zaif holda qoldirishi mumkin bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlariga qo‘yilgan taklif etilayotgan cheklovlar bizni xavotirga solmoqda", deyiladi Yevropaning yetakchi davlatlari, shuningdek Kanada va Yaponiya rahbarlari tomonidan imzolangan qo‘shma bayonotda.