Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kiyev tomonidan tayinlangan mahalliy hokimiyat Xersonni faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarmoqda

Kiyev tomonidan tayinlangan mahalliy hokimiyat Xersonni faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarmoqda

Kiyev tomonidan tayinlangan Xerson ma’muriyati shaharni faqat ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiy bloglarda boshqaradi. Bu haqda "TASS" xabar berdi.

"Xersonda Kiyev tomonidan tayinlangan mahalliy hokimiyat idoralari uzoq vaqt oldin shaharni tark etib, Nikolayevdan masofadan turib ishlamoqda. Shahar ma’muriyati amalda joyida ishlamaydi, mahalliy amaldorlar esa ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiy bloglari orqali faollik ko‘rsatishga harakat qilishadi", — dedi agentlik manbasi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina rasmiylari shaharning ijtimoiy va kommunal muammolarini hal qilishda ishtirok etmaydi.

17 avgust kuni Xerson viloyati gubernatori Volodimir Saldo Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari o‘z nazorati ostidagi Xersondan qochishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari xavfsiz chekinishni ta’minlamoqchi va shu bois shahardan chiqish joylariga uchuvchisiz uchoqlarga qarshi to‘rlarni o‘rnatmoqda.

Kiritildi: 09:20 18.08.2025. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!