Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kiyev dunyoning yashash uchun eng noqulay o‘nta shahri qatoriga kirdi

Kiyev dunyoning yashash uchun eng noqulay o‘nta shahri qatoriga kirdi

Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit (EIU) tahlil markazi e’lon qilgan 2026 yilgi reytingga ko‘ra, Ukraina poytaxti Kiyev dunyoda yashash uchun eng noqulay o‘nta shahar qatoriga kirdi.

Tahlilchilar dunyoning 173 ta shahrini beshta asosiy mezon — sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ta’lim, madaniyat va atrof-muhit, shuningdek barqarorlik bo‘yicha baholagan.

Reytingga ko‘ra, yashash uchun eng qulay shahar deb ikkinchi yil ketma-ket Daniya poytaxti Kopengagen topildi.

Eng yaxshi o‘nlikka quyidagi shaharlar kirdi:

  • Kopengagen (Daniya);
  • Vena (Avstriya);
  • Melburn (Avstraliya);
  • Sidney (Avstraliya);
  • Syurix (Shveysariya);
  • Jeneva (Shveysariya);
  • Osaka (Yaponiya);
  • Adelaida (Avstraliya);
  • Vankuver (Kanada);
  • Tokio (Yaponiya).

Hisobotga ko‘ra, Kiyev 173 shahar ichida 166-o‘rinni egallagan. Buning asosiy sababi mamlakatda davom etayotgan urush ekani qayd etilgan.

Yashash uchun eng noqulay shaharlar o‘nligiga quyidagilar kirdi:

  • Damashq (Suriya);
  • Tripoli (Liviya);
  • Dakka (Bangladesh);
  • Karachi (Pokiston);
  • Jazoir (Jazoir);
  • Lagos (Nigeriya);
  • Port-Morsbi (Papua – Yangi Gvineya);
  • Kiyev (Ukraina);
  • Xarare (Zimbabve);
  • Tehron (Eron).

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, reytingning eng quyi qismida joylashgan shaharlarning deyarli barchasi urush, qashshoqlik yoki har ikki omil ta’sirida bo‘lib, ayniqsa «barqarorlik» mezoni bo‘yicha past baholangan.

Kiritildi: 18:03 07.07.2026. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!