13 iyunga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Temryuk tumanidagi dengiz terminaliga zarba berdi. Hudud gubernatori Veniamin Kondratevning ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlangan.
Kondratev o‘zining telegram-kanalida yozishicha, dron bo‘laklarining qulashi natijasida yong‘in kelib chiqqan, uni o‘chirishga qariyb 100 nafar qutqaruvchi va 30 ta texnika jalb etilgan.
Ukrainaning Exilenova+ kanali xabariga ko‘ra, "Tamanneftegaz" port majmuasi hujumga uchragan va uning hududida ikkita yong‘in sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Tamanneftegaz" majmuasi suyultirilgan uglevodorodlarni qayta yuklash bo‘yika Rossiya janubidagi eng yirik terminallardan biri hisoblanadi.