Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kiyev, Dnepr va Xarkovga yirik hujum: 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Kiyev, Dnepr va Xarkovga yirik hujum: 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

2 iyun kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyev, Xarkov va Dnepr shaharlariga keng ko‘lamli raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda kamida 6 kishi, Dneprda esa 16 kishi halok bo‘lgan. O‘nlab odamlar turli darajada jarohat olgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi rasmiylar bir kun avval Rossiya yangi qo‘shma hujumga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirib, aholini havo hujumi xavfi haqidagi signallarni e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirgan edi.

Ukraina Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hujumda jami 73 ta raketa va 656 ta turli turdagi dron qo‘llangan. Ular orasida:

  • 5 ta «Kalibr» qanotli raketa;
  • 33 ta «Iskander-M» ballistik raketasi;
  • 27 ta X-101 qanotli raketasi;
  • 8 ta 3M22 «Sirkon» raketasi bo‘lgan.

Ukraina harbiylari bildirishicha, 33 ta raketa va 33 ta dron nishonlarga yetib borgan, qolgan 40 ta raketa hamda 602 ta dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan yoki elektron kurash vositalari bilan bostirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa hujumlar Ukraina harbiy aerodromlari, mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari hamda yoqilg‘i va transport infratuzilmasi ob’ektlariga qarshi qaratilganini ma’lum qildi.

Hujumlar Kiyev, Dnepr va Xarkovdan tashqari Zaporojye, Poltava, Xmelniskiy hamda Sumi viloyatlarini ham qamrab olgan.

Kiritildi: 23:32 02.06.2026. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!