Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Keyn Chempionlar ligasida Messining natijasidan o‘zib ketdi

Keyn Chempionlar ligasida Messining natijasidan o‘zib ketdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Viking»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.

33 yoshli futbolchi Norvegiyadagi bahsda myunxenliklarning hisobni tenglashtirishga qaratilgan harakatlarini boshlab berdi. U 54-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi, 60-daqiqada esa ikkinchi golini urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 30 yoshga to‘lganidan keyin Chempionlar ligasida o‘tkazgan 40 ta uchrashuvida 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, angliyalik hujumchi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Lionel Messidan o‘zib ketdi. Argentinalik futbolchi 30 yoshga to‘lganidan keyin musobaqada 48 ta o‘yin o‘tkazib, 35 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yilda Yevropani tark etib, AQShning «Inter Mayami» klubiga o‘tgan edi.

Harri Keyn ham 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U bunga qadar «Tottenxem» klubida to‘p surgan.

Kiritildi: 20:00 14.10.2026. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!