Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Trampni ochiqchasiga mensimayapti

Rossiya Trampni ochiqchasiga mensimayapti

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan «energetik sulh»ni ochiqchasiga pisand qilmaslikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Ukraina infratuzilmasiga hujumlarni davom ettirmoqda.

«Rossiya hech qachon AQShga nisbatan bunchalik ochiqchasiga hurmatsizlik ko‘rsatmagan», — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan tun Rossiya raketalari va dronlari mamlakatdagi 30 ta energetika ob’ektiga zarar yetkazgan.

Kiyevda uch kishi halok bo‘lgan. Elektr ta’minotidagi uzilishlar oqibatida kamida 600 ming kishi jabr ko‘rgani aytilmoqda.

Kiritildi: 20:18 14.10.2026. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!