Nikol Pashinyan Ozarboyjonga ikki davlat o‘rtasidagi anklav va eksklavlar muammosini hal qilish uchun hududlarni o‘zaro almashishni taklif qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomurojaatida aytdi.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston hududi 29 743 kvadrat kilometrni tashkil etishi kerak. Ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni belgilash va joylarda aniq ko‘rsatish ishlari 1991 yildagi Olmaota deklarasiyasi asosida amalga oshirilishi lozim.
"Anklav va eksklavlar muammosi quyidagi tamoyil asosida hal qilinishi kerak: chegaraning har ikki tomonida ham anklav va eksklavlar bo‘lmasligi lozim. Ya’ni Armaniston va Ozarboyjon maydoni aniq mos keladigan hududlarni o‘zaro almashishi kerak", — dedi Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri ikki davlat bir-biriga nisbatan hududiy da’volardan voz kechishi kerakligini ham ta’kidladi.
"Armaniston va Ozarboyjon barcha masalalarda, jumladan Qorabog‘, Gardman, Shirvon, Naxichevan yoki G‘arbiy Ozarbayjon masalalarida ham bir-birini tinch qo‘yishi kerak", — dedi u.
Shuningdek, Pashinyan barcha transport aloqalarini tiklash zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston va Ozarboyjon hududlari orqali o‘tadigan barcha yo‘llar transport harakati uchun ochiq bo‘lishi kerak.