Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa Qirg‘izistonga migrantlar bo‘yicha manfaatsiz kelishuv taklif qildi

Evropa Qirg‘izistonga migrantlar bo‘yicha manfaatsiz kelishuv taklif qildi

Evropa davlatlari Qirg‘iziston fuqarolarini ishga qabul qilish evaziga Bishkekdan Yevropa Ittifoqidan chiqarib yuborilgan Afrika va Osiyo mamlakatlarining noqonuniy migrantlarini qabul qilishga rozi bo‘lishni taklif qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev parlamentdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Bishkek bunday kelishuvni qat’iyan rad etmoqda. Uning aytishicha, qirg‘izistonliklar imkoniyat bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ishlash uchun borishi mumkin, biroq Yevropa davlatlari bilan bunday kelishuvni muhokama qilish mumkin emas.

Kulubayevning ma’lum qilishicha, tobora ko‘proq qirg‘izistonliklar ishlash uchun Turkiya va AQShga bormoqda. Yaponiya va Janubiy Koreyada ham Qirg‘izistondan keladigan ishchilarga talab yuqoriligicha qolmoqda.

Shu bilan birga, Qirg‘izistonning o‘zi ham ishchi kuchiga ehtiyoj sezmoqda. Shu sababli mamlakat fuqarolarini uyushgan tarzda xorijga ishlash uchun yuborish ko‘lami qisqartirilgan.

Qirg‘iziston Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migrasiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon 736,6 ming nafar fuqaro xorijda mehnat qilgan. 2025 yilda bu ko‘rsatkich 798,4 ming nafarni tashkil etgan.

Mehnat migrasiyasining asosiy yo‘nalishi Rossiya bo‘lib qolmoqda. Mart oyida u yerda 472 mingdan ortiq qirg‘izistonlik bo‘lgan. Bundan tashqari, Qozog‘istonda qariyb 70 ming, AQShda 60 ming, Turkiyada 35 ming va Germaniyada 20 ming nafar Qirg‘iziston fuqarosi ishlagan.

Kiritildi: 20:44 14.10.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!