Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar belgilandi

Kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar belgilandi

Adliya vazirligi Tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3945, 2026 yil 28 sentyabr).

🔰 Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:

– 🏥 davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar qo‘llaniladi;

– 📋 kesarcha kesish amaliyoti uchun 31 ta tibbiy ko‘rsatmalar mavjud;

– 🔘 kesarcha kesish amaliyoti shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan, rejalashtirilgan va rejali guruhlar bo‘yicha tasniflanadi;

– ⚖️ tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, homilador ayol kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishni tanlash huquqiga ega;

– 🩺 kesarcha kesish amaliyotida homilador ayol salbiy oqibatlar haqida xabardor qilinadi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

Kiritildi: Bugun 03:30. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!