Keniya hukumati Erondagi urush tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy zarbalarni bartaraf etish uchun Jahon bankiga tezkor moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi. Markaziy bank rahbari Kamau Tuggening ma’lum qilishicha, energiya resurslari importiga bog‘lanib qolgan mamlakat benzin taqchilligining oldini olish va inflyasiyani jilovlashga harakat qilmoqda.
Tugge so‘ralgan mablag‘ miqdorini ochiqlamadi, biroq ushbu yordam inqirozgacha kelishilgan byudjet kreditlariga qo‘shimcha ravishda berilishini ta’kidladi.
Hozirda Keniya shillingi urush fonida biroz zaiflashgan, ammo Markaziy bank 13 milliard dollardan ortiq valyuta zaxirasiga ega ekani va bu tebranishlarni jilovlash uchun yetarli ekanini bildirdi. Shuningdek, bank oltin zaxiralarini to‘ldirish va iyun oyidagi yig‘ilishda foiz stavkalarini iqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.