Marko Rubioning aytishicha, Vashington yaqin bir hafta ichida tinchlik jarayonidagi harakatlarni baholab, muzokaralarda ishtirokni davom ettirish masalasini hal qiladi.
Davlat departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlarning Ukraina bo‘yicha ham umid uchun asoslari, ham xavotirlanishga sabablari mavjud.
Shuningdek, u AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmayotganini, chunki bu tinchlik muzokaralari jarayoniga to‘sqinlik qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.