Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Kelajakni asrash: endilikda suvdan oqilona foydalanish kuchaytiriladi

Kelajakni asrash: endilikda suvdan oqilona foydalanish kuchaytiriladi

2026 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘orishda suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Aholining suvni asrashdagi befarqligi va uni isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yib berilayotgan bir zamonda bu qarorning qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi.

Ushbu hujjatning ijrosi orqali mamlakat hududidagi mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga erishiladi.

Qarorga muvofiq, suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 km kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish nazarda tutilgan. Ya’ni, yiliga o‘rtacha 206 mln metr kub suv resurslarini hamda 26 mln kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilinadi, sug‘oriladigan 159 ming gektar yerlarning suv ta’minotini yaxshilanadi.

2026 yil davomida kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari uchun 480 mlrd so‘m, suv tanqisligining oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar uchun 120 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Ushbu amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar natijasida sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, suv tanqisligi sharoitida resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga erishiladi.

Kiritildi: 13:29 06.03.2026. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!