Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tashiyev o‘z tarafdorlarini tinchlanishga chaqirdi

Tashiyev o‘z tarafdorlarini tinchlanishga chaqirdi

Tashiyev aybdor emasligini aytib, o‘z tarafdorlarini tinchlanishga chaqirdi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha jinoiy ishda figurantga aylanganini bildirdi.

"Menga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan bayonot berish muhim, deb hisoblayman. Bu ish bo‘yicha to‘liq yuridik himoyalanish imkoniyatiga egaman, aybim yo‘q, oqlanaman", – deya ta’kidladi Tashiyev.

Shuningdek, u o‘z tarafdorlariga yuzlanib, barchasi qonun doirasida bo‘lishi lozimligini va namoyishlar o‘tkazish kerak emasligini qayd etdi.

"Jamoat arboblari yoki boshqa shaxslar tomonidan hech qanday harakat talab etilmaydi. Davlat to‘ntarishiga urinishga aloqam bor yoki yo‘qligi tergov va sud orqali aniqlanadi", — dedi Tashiyev.

Kiritildi: Bugun 19:54. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!