Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F-D.” fermer xo‘jaligi rahbari SH.M. fermer xo‘jaligiga Xo‘jaobod tumani hokimining tegishli qaroriga asosan tuyaqushchilik yo‘nalishi uchun ajratilgan yer maydonining 1 gektarini fuqaro M.X.ga 20 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali chorvachilik yo‘nalishi uchun ajratib, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun hujjatlarini tayyorlab berishini va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.