“Orolni quritsak, Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”: Kaufmanning imperatorga yozgan maxfiy maktubi.
Markaziy Osiyoda suv muammosiga ta’sir etuvchi to‘rtta asosiy kuch markazi mavjud. Bular: Rossiya, Xitoy, Eron va AQSH.
“Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasini o‘zining tarixiy ta’sir hududi deb hisoblaydi. Masalan, Orol fojiasi bo‘yicha bir ma’lumot bor. 1872 yilning noyabr oyida Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman Rossiya imperatori Aleksandir II ga shunday maktub yo‘llaydi:
“Biz shunday yo‘l tutmog‘imiz kerakki, Amudaryo va Sirdaryoning suvlari Orolga yetib bormasin. Bu daryolarning suvi oxirgi tomchisigacha paxta dalalarini sug‘orish uchun sarflansin. Daryo suvlari paxta dalalariga singib ketaversa, ko‘p o‘tmay Orol dengizi quriydi. Keyin Orolni to‘ldirish uchun Sibir daryolarini burib kelamiz. Ana shundagina Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”.