Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron yana bir ittifoqchisidan ayrildimi?

A A A
Eron yana bir ittifoqchisidan ayrildimi?

Livanning yangi saylangan prezidenti Jozef Aun Saudiya Arabistoniga o‘z “sadoqatini bildirmoqda”. “Saudiya Arabistoni Livanni qo‘llab-quvvatlashda tarixiy rol o‘ynagani sababli prezident sifatida birinchi tashrifim aynan shu mamlakatga bo‘ladi”, dedi janob Aun.

Livanda Eronning ta’siri kamayib borayotgan bir paytda, Saudiya Arabistonining ta’siri oshmoqda. Prezidentlikka saylanishidan bir necha hafta oldin Jozef Aun Livan armiyasi qo‘mondoni sifatida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgandi. Bundan tashqari, kecha Suriya yangi hukumati rahbari Ahmad Ash-Sharo (al-Jo‘loniy nomi bilan tanilgan) Jozef Aunga prezident etib saylangani munosabati bilan tabriklash uchun qo‘ng‘iroq qildi.

Shunday qilib, Yaqin Sharqda yangi geosiyosiy arxitektura shakllanmoqda va unda Tehronning mavqei sezilarli darajada pasayishni davom etyapti.

Kiritildi: 16:52 13.01.2025. O'qildi: 5554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!