AQShdan O‘zbekistonga uchgan samolyot Rossiyada favqulodda qo‘ndirildi.
Uzbekistan Airways kompaniyasining Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan reysi bortdagi mast yo‘lovchi sababli Rossiyaning Qozon shahri aeroportida favqulodda qo‘ndi.
26 yoshli S.U. parvoz davomida spirtli ichimlik iste’mol qilgan va o‘zini nomaqbul tutgan. Bu boshqa yo‘lovchilarga yoqmagan va ular unga ogohlantirish bergan, ammo mast yo‘lovchi tinchlanishni istamagan. Shu sababli u bog‘lab qo‘yilgan. Boeing 787 samolyoti bugun, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:10 da Qozonda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Parvoz deyarli 13 soatlik masofada vaqtincha to‘xtatilgan.
Hodisaga sababchi bo‘lgan erkak reysdan chiqarilib, polisiya bo‘limiga olib borilgan va unga nisbatan protokol tuzilgan. Samolyot 3,5 soat kechikish bilan Toshkentga muvaffaqiyatli yetib kelgan.