Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Kecha favqulodda ishchi guruhi Rossiya janubidagi Krasnodar o‘lkasiga yetib keldi. Shu joyda tabiiy ofat tufayli ikki marta shikastlangan Kerch bo‘g‘ozidagi tankerdan bir oydirki, neft to‘kilishi davom etyapti. Bu haqda CNN yozgan.

RF favqulodda vaziyatlar vaziri Aleksandr Kurenkov boshchiligidagi missiya Prezident Vladimir Putin juma kuni hokimiyatni hodisaga qarshi choralarni kuchaytirishga chaqirib, ayni voqeani “so‘nggi yillarda mamlakat duch kelgan eng jiddiy ekologik muammolardan biri” sifatida baholagandan so‘ng tuzildi.

Kurenkov aytishicha, “eng og‘ir vaziyat” Taman porti yaqinida yuzaga kelgan: Volgoneft-239 tankerining shikastlangan qismidan dengizga mazut oqishi to‘xtamayapti.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, qolgan neft tankerning orqa qismidan chiqarib olinadi.

Kiritildi: 16:59 13.01.2025. O'qildi: 4619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!