Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Ruslar Ukrainaning Sumi viloyatiga bostirib kirdi

Ruslar Ukrainaning Sumi viloyatiga bostirib kirdi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Sumi viloyati hududiga kirib, Kursk viloyatidagi Ukraina plasdarmini qurshab olishga uringan.

Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Urushni o‘rganish instituti (ISW) xabar bermoqda.

Tahlilchilar 10 yanvarda e’lon qilingan geojoylashtirilgan kadrlarga havola qilishmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlarining 67-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi tomonidan olingan videoda Rossiya piyoda qo‘shinlariga berilgan zarbalar ko‘rsatilgan. ISW'ning ta’kidlashicha, kadrlar Juravka qishlog‘idan shimoli-g‘arbda, Ukraina chegarasi tomonida suratga olingan.

Tahlilchilar, shuningdek, rossiyalik Z-blogerning so‘zlarini keltirmoqda. Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari Nikolayevo-Daryino (Juravkaning shimolida) qishlog‘idagi Ukraina pozisiyalarini janubdan aylanib o‘tish uchun Sumi viloyatiga kirgan.

Rossiyaning yana bir Z-kanali Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Proxody qishlog‘i (Sumi shahridan sharqda) hududiga ham kirganini ta’kidlagan, ammo ISW bu bayonotning tasdig‘ini topmagan.

Kiritildi: 23:55 13.01.2025. O'qildi: 2972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!