Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kaspiyda halok bo‘lgan harbiylar soni 12 nafarga yetdi, ikki nafari qidirilmoqda

Kaspiyda halok bo‘lgan harbiylar soni 12 nafarga yetdi, ikki nafari qidirilmoqda

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozimbayev boshchiligidagi Hukumat komissiyasi Mang‘istau viloyatida favqulodda holat sodir bo‘lgan joyda o‘z ishini davom ettirmoqda. Hodisa joyida safarbar etilgan davlat organlarining harakatlari hamda qidiruv-qutqaruv ishlari muvofiqlashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda asosiy vazifa qayerda ekanligi noma’lum bo‘lgan ikki harbiy xizmatchini qidirishdir.

“Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida ob-havoning keskin yomonlashishi va shamolning kuchayishi oqibatida 17 kishi suvga tushib ketgan. Ularning 12 nafari halok bo‘lgan, uch nafar harbiy xizmatchi qutqarilgan. Qolgan ikki nafar harbiy xizmatchini qidirish ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qanat Bozimbayev hali topilmagan harbiy xizmatchilarni barcha zarur kuch va vositalarni jalb etgan holda kechayu kunduz uzluksiz qidirishni ta’minlash vazifasini topshirdi. Shuningdek, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga zarur moddiy va boshqa yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Vakolatli organlar hodisaning barcha holatlarini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda. Qidiruv-qutqaruv tadbirlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 24 sentyabrda Kaspiy dengizida harbiy mashqlar paytida 9 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida xabar berildi. Uch nafar harbiy xizmatchi qutqarildi. Ulardan biri shifoxonaga yotqizildi. Qolganlarini qidirish ishlari davom etyapti.

Harbiy xizmatchilarning o‘limi fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:45 24.09.2026. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!