Xabaringiz bor, Kaspiy dengizi bo‘yi davlatlarining oltinchi sammiti Ashxobodda bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, yettinchi Kaspiy sammiti belgilangan muddatda Eron Islom Respublikasida bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yig‘ilishda so‘zga chiqib, Kaspiy dengizi oziq-ovqat xabini yaratishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Kaspiybo‘yi davlatlarining oltinchi sammitida ishtirok etish uchun Ashxobodga amaliy tashrif bilan borgan edi. Tashrif doirasida Qasim-Jomart Toqayev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkmanistonning sobiq prezidenti, Xalq maslahati Milliy kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.