Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kaspiy dengizida 19 nafar harbiy oqib ketdi, 9 kishi halok bo‘ldi

Kaspiy dengizida 19 nafar harbiy oqib ketdi, 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida og‘ir hodisa ro‘y berdi. Kaspiy dengizi sohilida o‘quv-jangovar vazifani bajarayotgan 19 nafar harbiy xizmatchi kuchli shamol va yomonlashgan ob-havo ta’sirida dengiz tomon oqib ketgan.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 24 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.

Hozirga qadar 9 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Uch kishi qutqarilgan, ulardan biri tibbiy yordam olish uchun shifoxonaga olib ketilgan. Qolgan harbiylarni topish bo‘yicha qidiruv ishlari davom etmoqda.

Qutqaruv amaliyotiga mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aviasiya hamda boshqa tegishli tuzilmalar jalb qilingan.

Hodisa sabablarini o‘rganish va qidiruv ishlarini muvofiqlashtirish uchun Mudofaa vazirligining maxsus komissiyasi Mang‘istov viloyatiga yo‘l olgan. Komissiyaga mudofaa vaziri Dauren Kosanov rahbarlik qilmoqda.

Vazirlik halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, ularga zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:46 24.09.2026. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!