Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Kashmirlik savdogarlar Hindistonda hujumga uchradi

Kashmirlik savdogarlar Hindistonda hujumga uchradi

Hindistonning Mussooriye shahrida 20 yildan beri sharf sotib kelgan pokistonlik Shabir Ahmad Dar va uning sherigi hujumga uchradi. Ularni millatchi hindlar omma oldida do‘pposlab, haqorat qilgan. Mahsulotlarini esa talon-taroj qilishgan.

Savdogar Darning aytishicha, radikallar ularni haqoratlab, shahardan chiqib ketishini buyurgan. Ularning minglab dollarlik mahsulotlari esa hali ham millatchilarning qo‘lida.

Hujum videosi internetda tarqaldi: polisiya uch nafar hujumchini qisqa muddatga hibsga olgan, ammo jarima solib, tezda ozod qilgan. Shu voqeadan so‘ng Dar va u bilan birga ishlagan boshqa o‘nlab kashmirlik savdogarlar Mussooriyeni tark etdi.

Kiritildi: 21:14 05.05.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!