Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Kasaba uyushmasining sarhisob va saylovi o‘tkazildi

Kasaba uyushmasining sarhisob va saylovi o‘tkazildi

Joriy yilning 30 may kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashida navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hududidagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdilar.

Tuman hisobot saylov konferensiyasini ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shaxar bo‘linmasi Kengashi raisi Abduxalil Rasulovich Raxmonov olib bordi.

Konferensiya davomida 2020-2025 yillar mobaynida tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Hisobotda a’zolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, madaniy va ma’naviy tadbirlar tashkil etish borasidagi ishlarga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, konferensiyada yangi Qo‘mita a’zolari va taftish komissiyasi saylandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiya samimiy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi. Unda kasaba uyushmasi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ham bildirildi.

Kiritildi: 14:00 31.05.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!