Karmana tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulasal Erkinova maktab partasidayoq talaba bo‘lishni uddaladi. U davlat imtihonlaridan olish mumkin bo‘lgan maksimal ballni to‘plab qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Gulasal Erkinova o‘tgan o‘quv yilida chet tilini bilish sertifikatini hamda qo‘lga kiritgan.
Joriy o‘quv yilida esa matematika, tarix hamda o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatga ega chiqqan.
Shuningdek, Karmana tumanidagi 5-IDUMning 11-sinf o‘quvchisi Maftuna Dilmurodova ham chet tilini bilish sertifikati hamda ikki fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Bu xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliygohga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan Maftuna 182 ballni naqd qildi degani.