Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Karlo Anchelotti Rodrigoni Braziliya terma jamoasiga chaqirmaslikka qaror qildi

Karlo Anchelotti Rodrigoni Braziliya terma jamoasiga chaqirmaslikka qaror qildi

Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo bo‘lajak o‘yinlarda Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaydi.

5 va 10 sentyabr kunlari "pentakampeonlar" JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Chili va Boliviyaga qarshi bahs olib boradi. TNT Sports xabariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi yetakchisi Karlo Anchelotti Xabi Alonso davrida "Real"da kam o‘yin amaliyoti olayotgan Rodrigoni bo‘lajak yig‘in qaydnomasiga kiritmaslikka qaror qilgan. Italiyalik murabbiy boshqa nomzodlarni sinab ko‘rmoqchi.

Anchelotti may oyi oxirida Braziliya terma jamoasi murabbiyi lavozimini egalladi, bundan oldin u to‘rt yil davomida "Real"ni boshqargan.

Rodrigo o‘yin amaliyoti yetishmasligi tufayli "qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 15:35 23.08.2025. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!