Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Karantin davrida kontrakt to‘lashning uch xil usuli bilan tanishing

A A A
Karantin davrida kontrakt to‘lashning uch xil usuli bilan tanishing

Markaziy bank departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov karantin davrida shartnoma asosidagi to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

«Fuqaro yashash manziliga yaqin bo‘lgan bank muassasalariga borib, chakana kliring tizimi orqali naqd yoki naqdsiz shaklda byudjet tashkilotlari, xususan, OTMlar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i va boshqa rekvizitlarni taqdim etish orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniga ega», – dedi Akmal Nazarov.

Uning qayd etishicha, banklarning mobil ilovalari yordamida ham bank kartasi orqali byudjet to‘lovlari sifatida shartnoma pulini o‘tkazish mumkin.

«Talaba uyiga yaqin hududda joylashgan tijorat banki filialining koll-markaziga murojaat qilish usulini ham tanlashi mumkin. Murojaat asosida bank xodimi uning uyiga kelib, barcha sanitariya talablariga qat’iy rioya etgan holda, kontrakt pulini oliy o‘quv yurti hisob raqamiga o‘tkazib berish imkoniyati ham yaratilgan», – dedi Akmal Nazarov.

Qo‘shimcha qilinishicha, bank kartasini cash-in funksiyasi mavjud bankomatlar orqali naqd pul bilan to‘ldirib, keyinchalik bank kartasini mobil ilovaga biriktirish natijasida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirsa ham bo‘ladi.

Kiritildi: 20:55 22.04.2020. O'qildi: 3347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!