Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Karakasda Maduroni qo‘llab-quvvatlash uchun motosikl mitingi bo‘lib o‘tdi

Karakasda Maduroni qo‘llab-quvvatlash uchun motosikl mitingi bo‘lib o‘tdi

AQShning Venesuela qirg‘oqlariga harbiy kemalar va suvosti kemasi yuborishiga javoban Karakas ko‘chalarida minglab motosiklchilar prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlab miting o‘tkazdi.

Miting Transport vazirligi binosi oldida boshlanib, sobiq prezident Ugo Chaves qabri joylashgan Kuartel de la Montanyada yakunlandi.

Transport vaziri Ramon Selestino Velaskes motosayyohlar bilan uchrashib:
“Biz o‘z Vatanimizni himoya qilamiz, gringolar buyrug‘iga bo‘ysunmaymiz. AQShning maqsadi — Venesuelaning tabiiy boyliklaridir,” — dedi.

Mehnat vaziri Eduardo Piate esa Chaves merosiga sodiqlik va mamlakat suverenitetini himoya qilishga qasam ichdi.

Davlat OAV ma’lumotiga ko‘ra, Karakasdan tashqari bir nechta shtat fuqarolari ham Bolivar milliy milisiyasiga ko‘ngilli sifatida qo‘shilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra, Venesuela qirg‘oqlari yaqinida yettita harbiy kema va suvosti kemasi joylashtirilgan. Prezident Maduro bu harakatlarni keskin qoralab, mamlakat suvlari va zaminini himoya qilishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 17:27 31.08.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!