Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kapadze Lyov va Bilich bo‘yicha xabarlarga izoh berdi — “Hozircha men terma murabbiyiman”

Kapadze Lyov va Bilich bo‘yicha xabarlarga izoh berdi — “Hozircha men terma murabbiyiman”

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga Yoaxim Lyov yoki Slaven Bilich nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar bong urmoqda.

Albatta bu borada terma jamoamiz ustozining fikrlari qiziq. Timur Kapadze bu borada Championat.asia nashriga fikr bildirdi.

"To‘g‘risi, nima bo‘layotganini tushunmayapman. Men ham bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rdim. Menga O‘FAdan hech kim ma’lumot bergani yo‘q. Kimnidir olib kelish borasida ham hech narsa deyishmadi. Bu xabarga nimadir deb javob berish qiyin. Menga berilgan vazifani bajardim. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Nasib bo‘lsa ishlaymiz, bo‘lmasa boshqa joyda.

Bu feyk xabarmi yoki jarayon ketyaptimi hech kim ma’lumot bermadi. Hozir terma jamoa murabbiyiman. Ishlashda davom etyapman",- deydi Timur Kapadze.

Kiritildi: 14:20 18.07.2025. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!