Kanadaning Alberta provinsiyasida joylashgan "Ueynrayt" harbiy bazasida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi.
Bu haqda Global News telekanali mamlakat Qurolli kuchlaridagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, harbiy bazada jangovar o‘q-dorilardan foydalanilgan holda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar davomida hududdan o‘tgan gaz quvuri shikastlangan.
Natijada kuchli portlash sodir bo‘lib, uning ortidan yong‘in kelib chiqqan.