Mamlakat bosh vaziri Mark Karnining ma’lum qilishicha, tariflar erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuvga (CUSMA) mos kelmaydigan barcha AQSh avtomobillariga nisbatan qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, bojlar chet elda ishlab chiqarilgan, ammo CUSMA talablariga javob beradigan avtomobil ehtiyot qismlariga ham taalluqlidir. Shu bilan birga, mazkur savdo tariflari Meksikada tayyorlangan ehtiyot qismlarga ta’sir qilmaydi va 9 apreldan kuchga kiradi.
"Prezident Tramp ushbu savdo inqirozini keltirib chiqardi va Kanada unga maqsadli va qat’iy javob bermoqda", – deya ta’kidladi Karni.
Donald Tramp aprel oyi boshida 185 mamlakat va hududlar, jumladan, Kanadaning mahsulotlariga boj to‘lovlarini joriy qilgandi.