Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Kamchatkada bir soat ichida 3 ta 5 balldan yuqori bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada bir soat ichida 3 ta 5 balldan yuqori bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatka yarim oroli qirg‘oqlarida bir soat ichida 5,8, 5,2 va 5,2 magnitudali uchta zilzila sodir bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Kamchatka bo‘limi ma’lum qildi.

Birinchi zilzila Petropavlovsk-Kamchatskiydan 187 km uzoqlikda, ikkinchisi - 238 km, uchinchisi - 218 km masofada sodir bo‘lgan. Birinchi seysmologik hodisaning episentri 18,9 km chuqurlikda, ikkinchisi 44,8 km, uchinchisi 33,8 km chuqurlikda bo‘lgan.

Kiritildi: 10:15 02.08.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!