Kambodja Ta’lim, yoshlar va sport vazirligi ikki davlat o‘rtasidagi chegaradagi mojarolar avj olgani sababli Tailand bilan chegaradosh to‘rt provinsiyadagi 377 maktabni vaqtincha yopdi.
Bu haqda Kambodja matbuot agentligi xabar berdi.
Ushbu chora ta’lim muassasalarida bolalar va xodimlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, maktablarning yopilishi 78 mingdan ortiq o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatgan, yana 3200 nafar o‘qituvchi o‘z ishlarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Kambodja va Tailand o‘rtasidagi so‘nggi paytlarda keskinlashgan taranglik bilan bog‘liq holda, chegaradagi to‘qnashuvlarda bir Tailand askari halok bo‘ldi, to‘rt nafari yaralandi.