Sudanda Il-76 harbiy yuk samolyoti qulab tushdi va barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.
Bu haqda Agence France-Presse (AFP) xabar bermoqda.
"Il-76 samolyoti Qizil dengiz bo‘yidagi Port-Sudan shahridagi Usmon Digna aviabazasiga qo‘nishga urinib, texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan”, — deb xabar berdi agentlik nomi oshkor etilmagan manbaga iqtibos keltirgan holda.
Manba shuningdek, “barcha ekipaj a’zolari halok bo‘lgan”iga ham aniqlik kiritdi, deb yozadi Agence France-Presse (AFP).
Halok bo‘lganlarning aniq soni ma’lum qilinmagan.