Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Kaltak mojarosi": xorazmlik o‘quvchi o‘qituvchidan kaltak yegani rostmi?

"Kaltak mojarosi": xorazmlik o‘quvchi o‘qituvchidan kaltak yegani rostmi?

Xorazm viloyati Xazorasp tumani, Pitnak shahridagi 3-umumta’lim maktabining oltinchi sinf o‘quvchisi Doston Sultonovning aytishicha, o‘qituvchisi uni qattiq kaltaklagan va jarohatlagan.

O‘quvchining qarindoshlari maktab direktori va tuman milisiyasi o‘qituvchiga qarshi hech qanday choralar ko‘rmaganligini aytdi, deb yozadi centralasian.org .

13 yoshli Doston Sultonovning gapiga ko‘ra, 4 aprel kuni Milliy istiqlol g‘oyasi mavzusida o‘qituvchisi uni sinfdoshlari oldida qattiq kaltaklagan.

O‘qituvchi jim o‘tirishni va uy vazifasini bajarishni tayinlab, tashqariga chiqdi. Sinfga qaytib kelganida esa daftarim qayerda ekanligini so‘radi va keyin meni urdi. Mening daftarim yerda yotardi, uni olish uchun egildim, lekin o‘sha paytda o‘qituvchi meni yana urdi. Uyga qaytib kelganimda yuzim ko‘kargandi. Meni shifokorga olib borishdi. Shifokor bizga milisiya bilan gaplashishni maslahat berdi, shundan keyin ota-onam huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qildi , deydi oltinchi sinf o‘quvchisi Doston Sultonov.

Biroq o‘qituvchi Suroj Sapayev bu ayblovlarni rad etdi.

Men undan daftari qayerdaligini so‘radim. Bunga javoban u menga baqirib, onamni haqorat qila boshladi. Bu normal holat emas, to‘g‘rimi? Bu bola milliy mustaqillik g‘oyasi haqida hech narsa bilmaydi, O‘zbekiston madhiyasini bilmaydi, gerb qachon qabul qilinganini bilmaydi. Hatto daftari ham yo‘q. U siz yaxshi gap bilan tushuntirganingizda tushunishni istamaydi. Men juda xotirjamman va bu bolani urganim yo‘q , dedi o‘qituvchi.

Ayni damda Pitnak shahar huquq-tartibot idoralari bu holatni o‘rganishmoqda.

Kiritildi: 13:49 08.04.2019. O'qildi: 2045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!