Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Kallas: EI Rossiyaga qarshi sanksiyalar "vositasi"dan voz kechmasligi kerak

Kallas: EI Rossiyaga qarshi sanksiyalar "vositasi"dan voz kechmasligi kerak

Evropa Ittifoqining bosh diplomati Kaya Kallas aytishicha, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga hech qanday asos yo‘q, chunki Vengriya Donald Tramp Oq uyga qaytguniga qadar choralarni uzaytirishni to‘xtatib turibdi.

"Bizga, shubhasiz, sanksiyalar zarur. Bu bizning ta’sir vositamiz va uni qo‘ldan chiqarish juda g‘alati bo‘lardi," - dedi Kallas jurnalistlarga.

"Vaziyat o‘zgargani yo‘q. [Rossiya prezidenti Vladimir] Putin o‘z maqsadlarini o‘zgartirmagan va haqiqiy holatda hech narsa o‘zgarmagan. Shuning uchun sanksiyalarni bekor qilishga asos yo‘q," - deya qo‘shimcha qildi u.

2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi Moskvaga qarshi 15 marta misli ko‘rilmagan sanksiyalar joriy etdi.

Sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha navbatdagi qaror 31 yanvarga qadar Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi lozim.

Kiritildi: 20:12 19.01.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!