Kaliforniya janubida yana ikkita yangi o‘rmon yong‘inlari chiqdi. Bu haqda Amerikaning Axios portali xabar berdi .
“Janubiy Kaliforniyada jiddiy yong‘in ob-havosi tufayli kamida ikkita o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi va yangi evakuasiyalarga sabab bo‘ldi”, deb yozadi internet nashr.
Bundan tashqari, Milliy ob-havo xizmatining iqlimni bashorat qilish markazi 14-yanvar, seshanba kuni Kaliforniyada keyingi haftada yanada kuchli yong‘inlar boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.