Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kaliforniyada vertolyot halokatga uchradi (video)

Kaliforniyada vertolyot halokatga uchradi (video)

Kaliforniyaning Xantington-Bich shahrida o‘tkazilayotgan Cars and Copters festivali vaqtida plyaj yaqinida vertolyot qulab tushdi.

Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.

NBC News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, kamida besh kishi, jumladan, bortda bo‘lgan ikkita va yerda bo‘lgan uch kishi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda samolyot nazoratsiz aylanib, keyin yerga qulab tushganini ko‘rish mumkin. Bir qancha guvohlarning aytishicha, orqa rotor qushga urilganidan keyin uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Voqea holatlari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 08:51 12.10.2025. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!