Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Kaliforniya neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Kaliforniya neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 kishi jarohatlandi

AQShning Kaliforniya shtatidagi Martinez Refining Company neftni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida olti kishi jarohatlandi.

Bu haqda CBS News xabar berdi.

Kontr-Kosta shahrida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli uchinchi darajadagi trevoga e’lon qilindi. Mahalliy hokimiyat yaqin atrofdagi aholini uylariga yashirinishga va barcha derazalarni yopishga chaqirdi.

"Nafas olish yo‘llarining sezuvchanligi yuqori bo‘lgan odamlar qiynalishi mumkin. Ba’zi aholida ko‘z, teri, burun yoki tomoq qichishishi kuzatilishi mumkin," - deyiladi xabarda.

Yong‘in sodir bo‘lgan hududda ayrim avtomagistrallarda harakat to‘xtatilgan. Hodisa sabablari noma’lum.

Kiritildi: 11:20 02.02.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!