Shavkat Mirziyoyev bu bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra:
➖ Respublika darajasida ishlayotgan xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga o‘tkazish, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi va xizmat ko‘rsatish tuzilmalarini birlashtirish nazarda tutilmoqda;
➖ Tuzilmaviy o‘zgarishlar jarayonida aholi sarson bo‘lmasligi uchun bir hafta muddatda “Kadastr maslahat burchagi” va “Tezkor kadastr” xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi;
➖ Ko‘chmas mulkka huquq paydo bo‘lganida ariza avtomatik ravishda shakllantirilib, proaktiv xizmat ko‘rsatiladi. Bu orqali bir yilda 1 million 200 ming nafar arizachining vaqti va mablag‘i tejaladi. Kadastrga oid barcha xizmatlarni bitta ariza asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 200 mingta ortiqcha ariza qisqartiriladi;
➖ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni to‘liq onlayn shaklga o‘tkaziladi. Natijada yiliga 500 mingta arizani amaldagi 10-15 kun o‘rniga bir necha soniyada ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.