Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Suriya Iroq bilan chegara bo‘ylab harbiy bo‘linmalarni joylashtirdi

Suriya Iroq bilan chegara bo‘ylab harbiy bo‘linmalarni joylashtirdi

Suriya Suriya-Iroq chegarasi bo‘ylab harbiy bo‘linmalarni joylashtirdi.

Bu haqda Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

Suriya Mudofaa vazirligi armiyani maksimal jangovar tayyorgarlik holatiga keltirishni buyurdi. Ushbu qarorning sabablari oshkor qilinmadi.

Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha kun oldin Damashq Bag‘dodni Suriya-Iroq chegarasi yaqinida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli guruhlarning faoliyati haqida xabardor qilgan. Suriya rasmiylari Iroq hududidan boshlangan har qanday hujumlarga javob qaytarilishi haqida ogohlantirdi va o‘z hududidan Suriyaga qarshi operasiyalar uchun foydalanilishining oldini olish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!