Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bojxona postida bojxona xodimi pora bilan ushlandi

Bojxona postida bojxona xodimi pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti inspektori O.S. fuqaro A.Z.dan Respublika hududiga aylanma yo‘llar bilan olib kirilgan 10 dona “IPhone” rusumli uyali aloqa vositalarini boshqa fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga bojxona hujjatlarini rasmiylashtirib, “IMEI” kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!