Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kabardino-Balkariyada qor ko‘chkisi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo‘ldi

Kabardino-Balkariyada qor ko‘chkisi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo‘ldi

Rossiyaning Kabardino-Balkariya hududidagi Bezengi darasida joylashgan Mijirgi tog‘ida qor ko‘chkisi sodir bo‘lib, 11 nafar alpinist halok bo‘ldi. Yana olti kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar alpinist mustaqil ravishda tog‘dan pastga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Yana olti kishining taqdiri hozircha noma’lum.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhda jami 33 kishi bo‘lgan. 6 sentyabr kuni kechqurun Mijirgi tog‘i hududida harakatlanayotgan 15 nafar alpinistdan iborat guruh qor ko‘chkisi ostida qolgan. Dastlab ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Elbrus baland tog‘ qidiruv-qutqaruv guruhi hamda Kabardino-Balkariya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasining tezkor guruhi jalb qilingan.

Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi alpinistlarning halok bo‘lishi yuzasidan beparvolik bilan bog‘liq jinoiy ish qo‘zg‘atib, tergov olib bormoqda. Kabardino-Balkariya prokuraturasi esa hodisa holatlarini tekshirishni nazorat qilmoqda.

Kiritildi: 17:24 07.09.2026. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!