Soliq qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, ko‘chma savdo ob’ektlari uchun ajratilgan yer uchastkalari ijara muddatini endilikda K-Savdo tizimi orqali ikki martagacha uzaytirish mumkin bo‘ladi.
Hozirgi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar yerni elektron auksion orqali 36 oygacha, ayrim hududlarda esa 120 oygacha ijaraga oladi.
Yangilikka muvofiq, shu muddat K-Savdo orqali qo‘shimcha ravishda uzaytirilishi mumkin bo‘ldi.