Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

JSST: Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari yiliga 1,5 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari yiliga 1,5 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yigirma bir yillik o‘rganishlar natijalarini tahlil qilish asnosida shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, tarkibida zararli bakteriya va viruslar, parazitlar yoki xavfli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari dunyoda yiliga, 1,5 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, qurbonlarning katta qismi kichik yoshli bolalardir.

Tadqiqotga ko‘ra, har yili 886 millionga yaqin inson xavfsiz bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish oqibatida turli kasalliklarga chalinyapti.

O‘z navbatida, 5 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar boshqa yosh toifalariga nisbatan deyarli uch barobar ko‘proq shunday zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilish xavfi ostida yashamoqda.

Shundan kelib chiqib, JSST dunyo aholisini oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va iste’mol qilishda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 12:27. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!