Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

JSST koronavirusga qarshi kurashda vaksinaning samaradorligiga shubha bildirdi

JSST koronavirusga qarshi kurashda vaksinaning samaradorligiga shubha bildirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Xans Klyugening ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi yaratiladigan bo‘lajak vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmaydi va aholining barcha qatlami uchun birdek samarali bo‘lmaydi.

Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib “Shifobaxsh” telegram kanali xabar berdi.

«Men vaksina pandemiyaga chek qo‘yadi, degan gapni doim eshitaman. Albatta, yo‘q! Vaksinaning barcha aholi qatlamiga yordam berishini bilmaymiz. Hozir biz uning bir guruhga yordam berishini, ikkinchisiga esa yordam bermasligini ko‘rsatadigan ba’zi belgilarini ko‘rmoqdamiz. Pandemiyaning oxiri biz jamoat sifatida ushbu pandemiya bilan yashashni o‘rganganimizda keladi. Bu bizga bog‘liq», — dedi Klyuge.

Shuningdek, JSST Yevropa mamlakatlarida oktyabr oyining boshida koronavirus kasalligidan o‘lim sonining ko‘payishini kutmoqda.

«Vaziyat yanada murakkablashmoqda. Oktyabr va noyabr oylarida biz ko‘proq o‘limni ko‘rishimiz mumkin», — deb qo‘shimcha qildi Klyuge.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim sonining ko‘payishi kasallanish sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 21:59 15.09.2020. O'qildi: 2245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!